Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etishni monitoring qilish Respublika shtabi tashkil etildi
23:07 / 2021-02-13

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha tizimni joriy etishga qaratilgan “Yoshlar dasturlari” ijrosini tizimli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i asosida yoshlar siyosati doirasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqish va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizimni joriy etish maqsadida mamlakatimizning barcha tuman (shahar)larida “Yoshlar dasturlari”ni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha tizimni joriy etish Respublika shtabi tuzildi va mazkur shtabning respublika, hududiy va tuman (shahar) monitoring guruhlari o‘z faoliyatini boshladi.

Shtabning asosiy maqsadi Toshkent shahar namunasi asosida tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan yoshlar dasturi, yoshlar balansi, yoshlar daftari va yoshlar murojaatlarini tizimli ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni monitoring qilish hamda doimiy tahlil qilib borishdan iborat.

– Shuningdek, Respublika shtabi a’zolari zimmasiga “Yoshlar dasturlari” ijrosi yuzasidan aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar tashkil etish, dasturlar ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirib kelayotgan mutasaddilarni rag‘batlantirish va aksincha, dasturlar ijrosi qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan tuman (shahar) mas’ullariga intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takliflar kiritib borish ham yuklatiladi, –dedi Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari Farrux Omonov. – Bundan tashqari, dastur asosida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borilishini ta’minlash, ijroni o‘rganish jarayonlarida aniqlangan qonunbuzarlik va o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarash holatlari hamda yoshlar masalasiga bepisand munosabatda bo‘layotgan mutasaddilar haqida huquqni muhofaza qilish organlariga axborotlar kiritib borish kabi vazifalar ham respublika shtabi tomonidan amalga oshiriladi.

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA