Yoshlar bilan ishlashda namunali xodimlar aniqlandi
Ma’lumki, yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning faolligi va salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida olib borilgan ishlar natijasida yurtimizda yoshlar masalalari bilan ishlashda alohida faollik ko‘rsatgan xodimlar e’tirof etildi.
Jumladan, 150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan yoshlar bilan ishlash borasida ilg‘or tajriba namoyon etgan TOP-30 nafar yosh xodim saralab olindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA