French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bilan ishlashda Farg‘ona tajribasi samara bermoqda
11:07 / 2024-01-17

2024 yil– Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili

Farg‘ona viloyatida yoshlar bilan ishlash borasidagi yangi tizim o‘z samarasini berib, minglab navqiron avlod vakillari hayotda o‘z o‘rnini topmoqda. Yosh tadbirkorlar safi kengaymoqda, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilyapti. Asosiysi, barcha darajadagi rahbarlar mahallaga tushib, har bir yosh bilan muloqotni yo‘lga qo‘ydi. Buning natijasida ularning muammolari hal etilyapti, orzu-istaklari amalga oshyapti.

O‘tgan yilda yoshlar yetakchilari tomonidan mahallalarda “xonadonbay” xatlov o‘tkazish natijasida “Yoshlar balansi” asosida 1 million 12 ming 575 nafar yoshning (14-30 yosh) “yaxshi”, “o‘rta” hamda davlat g‘amxo‘rligi va ko‘magini kutayotgan yoshlar toifalariga ajratildi.

–Viloyatda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha 7 ta ustuvor yo‘nalishda tizimli ishlar bajarilmoqda,–deydi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Muhammadamin G‘aniyev.–Xususan, davlat ko‘magiga muhtoj jami 26 ming 422 nafar yosh bilan indivudial ishlash maqsadida ular viloyat va tuman (shahar) darajasidagi rahbarlarga nomma-nom biriktirib chiqildi. Biriktirilgan mas’ul rahbarlar tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ularning 22 ming 83 nafarida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aniqlanib, 20 ming 807 nafariga turli xil yo‘nalishlarda amaliy yordamlar ko‘rsatilgan. Amalga oshirilgan choralar natijasida ularning 4 ming 89 nafari toifadan chiqarildi.

2023 yilda viloyat bo‘yicha 37 ming 391 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularga manzilli va maqsadli yordam ko‘rsatildi.  Jumladan, 2 ming 814 nafar yoshga qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonlaridan 15-20 sotixdan ajratib berildi. Oliy ta’lim muassasalari to‘lov-kontrakti uchun 4 ming 725 nafar yoshga 11,6 milliard so‘m to‘landi, 2  ming 21 nafar yosh o‘z-o‘zini band qilish uchun mehnat qurollari bilan ta’minlandi. 573 nafar yoshning fuqarolik pasporti badali, 433 nafar yoshning safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlari, 427 nafar yoshning haydovchilik kurslarida o‘qitish xarajatlari to‘lab berildi. Salomatligida muammosi bor bo‘lgan 1 ming 668 nafar bemor yoshning davolanish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilib, salomatligini taklashga erishildi.  

Yoshlarning bandligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanib, 10 ming 773 nafar yosh doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 2 ming 409 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit ajratildi. Viloyatdagi har bir mahallada “fuqarobay” tasdiqlangan “Yoshlar bandligi dasturi” amalga oshirildi. 40 mingdan ortiq ishsiz yoshning bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, 2022-2023 yillarda 52 nafar yosh tadbirkorning loyihalari uchun 24 milliard 969 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Kichik sanoat zonalarida 106 ta loyiha ishga tushirilib, ularda 1 ming 931 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali harbiy xizmatga qiziqtirish, kasb-hunar va tadbirkorlik sohasiga o‘qitish maqsadida profilaktika va probatsiya hisobida turuvchi 400 nafar yosh ishtirokida 4 marotaba “Jasorat maktabi” harbiy o‘quv yig‘ini tashkil etildi.  

Mahallalarda yoshlarni “Besh tashabbus olimpiadasi”ga jalb etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish ham doimiy e’tiborda. 2022 yildan boshlab, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan yilda viloyat bo‘yicha 318 ming 466 nafar  yosh qamrab olindi. Uning birinchi mavsumi doirasida Farg‘ona viloyatida g‘olib bo‘lgan yoshlarning maxallalarida 13 ta sport maydonchasi qurildi. Shuningdek, o‘tgan yil sentyabr oyidan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumini 4 ta yo‘nalishda mahalla, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari o‘rtasida o‘tkazishga start berildi. Olimpiada doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun 318 ming 466 nafardan ortiq yosh onlayn ro‘yxatdan o‘tib, ular faol ishtirok etdi.

Hozirgi kunda viloyatda “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida 29 mingdan ortiq yosh “Youtube” platformasi orqali 20 ga yaqin xorijiy tilni bepul o‘rganmoqda.

Farg‘ona viloyatida mahallalardagi yoshlar yetakchilarining o‘z ustida ishlashi, kitob o‘qish, til o‘rganishi va tezkor axborot almashinuvini ta’minlash maqsadida “Yetakchi” elektron platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2024 yilda yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshiriladigan ishlarning ko‘lami yanada keng. Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida “Yoshlar ombor daftari” tizimi joriy etilib, 9 ta yo‘nalishda maqsadli ko‘rsatkichlar asosida muhim vazifalar belgilangan.  

 

M.Sulaymonov,

O‘zA muxbiri