English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi
21:41 / 2025-11-22

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida ishsizlikni kamaytirish, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025 yil 19 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni kamaytirish hamda 2026 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar batafsil muhokama qilingan edi. Yig‘ilishda, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ularga munosib kasb-hunar ko‘nikmalarini berish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Ushbu topshiriqlardan kelib chiqib, tumanda Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Oral Ataniyazova, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Amanjol Ayapov ishtirokida keng qamrovli majlis o‘tkazildi.

Unda hududda yoshlar bandligini ta’minlash, talaba-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni mehnat bozorlariga moslashtirish va bitiruvchilarning barqaror ish o‘rinlariga ega bo‘lishini ta’minlash masalasi atroflicha muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, o‘z vaqtida professional malaka olgan va munosib ish bilan ta’minlangan yoshlar nafaqat shaxsiy farovonlikka erishadi, balki hudud va mamlakat taraqqiyotiga ham sezilarli hissa qo‘shadi.

Majlis doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti mas’ul vakillari tumandagi bir qator korxona va tashkilotlarda bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarining real ishga joylashish ko‘rsatkichi, ularning mehnat sharoiti, ishlab chiqarish jarayonlaridagi ishtiroki va kasbiy moslashuv holati bilan tanishishdi.

Tashrif davomida ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mavjud ehtiyojlar, talab etilayotgan mutaxassisliklar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA