Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bandligini ta’minlash – dolzarb masala
13:52 / 2024-03-30

2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili

O‘zLiDeP Konimex tumani kengashi tashabbusi bilan “Yoshlar masalasi jamoatchilik nazoratida” loyihasi doirasida tuman hududida uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli yuzasidan navbatdagi jamoatchilik nazorati eshituvi tashkil etildi.  

Hududlarda o‘tkazilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari natijasida aholini qiynab kelayotgan og‘riqli muammolar deputatlar tomonidan chuqur o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlarning bu boradagi hisobotlari eshitilmoqda hamda tizimli ravishda ijobiy hal qilinmoqda.

Jamoatchilik nazorati eshituvida tuman hokimining o‘rinbosari Medgat Tulegenovning hisoboti tinglandi.

2023-yilda har bir mahallada “Yoshlar balansi” shakllantirilib, 9010 nafar yosh “yashil”, “sariq” va “og‘ir” toifalarga ajratilib, ular bilan individual ishlash tizimi joriy etildi.

– “Yoshlar balansi” asosida 198 nafar “og‘ir” toifadagi yosh 34 nafar rahbarga nomma-nom biriktirildi, – deydi M.Tulegenov. – Biriktirilgan mas’ullar tomonidan uchrashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning muammolari o‘rganildi. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha, “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi. Ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularning barchasiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshilash va ularning bandligini ta’minlash maqsadida har bir mahallada “fuqarobay” tasdiqlangan “Yoshlar bandligi dasturi” amalga oshirilib, dasturga kiritilgan 492 nafar yoshning bandligi ta’minlandi. Ularning 112 nafari mehnat bozoriga kirib kelgan maktab bitiruvchilari hisoblanadi.

Bundan tashqari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning hukuqiy savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan 201 ta loyiha va tadbirlar o‘tkazilib, ularda 8 ming nafar yosh qamrab olindi.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masala yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar umumlashtirilgan holda Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashining doimiy komissiyasiga taqdim etiladi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri