French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bandligi — taraqqiyot poydevori
15:53 / 2025-11-07

Yurtimizda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni ishbilarmonlik va zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga qaratilgan islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Endilikda har bir tashabbus ortida yosh avlodning orzulari, mehnatga bo‘lgan ishtiyoqi va yangi imkoniyatlar bo‘y ko‘rsatib turadi.

Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy omili bo‘lgan yoshlar bandligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar izchil davom etmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Jizzax viloyatida ham bir qator amaliy tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda.

Shu maqsadda Zomin tumani sanoat zonasidagi “Artel” zavodida vaqtincha ishsiz va bitiruvchi yoshlar uchun tanishuv hamda ekskursiya tashkil etildi. Ushbu tashabbus orqali yoshlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, zamonaviy texnologiyalar, mehnat sharoitlari hamda ish jarayonidagi imkoniyatlar haqida bevosita ma’lumot olishdi.

Ushbu tadbir Jizzax viloyati va Zomin tumani hokimliklari, viloyat prokuraturasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmalari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi.  

Tadbir davomida Jizzax vohasining barcha hududlaridan 3 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. Ular uchun mutaxassislar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat shartlari va kasbga yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Natijada, shu tadbirning o‘zida 650 nafardan ortiq yoshlar ishga joylashish uchun ro‘yxatdan o‘tib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga kirishdilar.

Abdujalol Qayumov (surat), O‘zA muxbiri