FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida faoliyat yuritayotgan “Best faxr mebel” MCHJ bugungi kunda nafaqat sifatli mahsulotlari, balki yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari bilan ham e’tiborga tushgan.
Qiymati 2 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha yiliga 2 ming 750 dona tayyor mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Quvonarlisi, korxonada 30 ta yangi ish o‘rni tashkil etilib, ularning aksariyatida yoshlar mehnat qilmoqda.
[gallery-26439]
Bu tuman aholisi uchun barqaror daromad manbai yaratish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yoshlarning o‘z yurtida ishlab, hayotda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida bugun mehnatkash yoshlar o‘z qobiliyat va salohiyatini namoyon qilish uchun keng sharoitlarga ega bo‘lmoqda. Sho‘rchida faoliyat yuritayotgan mazkur korxona bunga yorqin misoldir. Shubhasiz, “Best faxr mebel”ning bugungi muvaffaqiyati ertangi kun uchun yangi marralar sari dadil qadamdir.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA