Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bandligi e’tiborda
18:12 / 2025-04-14

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida 2025 yilda O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilishi ta’kidlanib, bu borada tegishli vazifalar belgilangan edi. Shundan kelib chiqib, Namangan viloyatida, xususan Norin tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanda bandlik dasturi doirasida yanvar-mart oylarida jami 5,3 ming nafar fuqaro bandligi ta’minlangan bo‘lsa, shundan, 1 ming 325 nafari yoshlarni tashkil etdi.

[gallery-22794]

Tuman markaziy stadionida bo‘lib o‘tgan navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” ham bu amaliy ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.

Tadbirda tuman va viloyat tashkilotlaridan 56 ta ish beruvchi o‘zida mavjud, bo‘sh turgan 1000 ga yaqin ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Norinlik yoshlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishib, o‘z tanlovlari bo‘yicha shartnomalar imzoladi. 

Shu kuni tuman Ma’naviyat va yoshlar markazida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Yoshlar bandligini ta’minlash shtabi hamda yangi platforma taqdimoti ham o‘tkazildi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA