Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar aviatsiya bilim yurtidagi sharoitlar bilan tanishdi
13:04 / 2024-01-09

14 yanvar –Vatan himoyachilari kuni

Qarshi shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan Qarshi davlat universiteti, Qarshi yuridik texnikumi, Prezident maktabi  o‘quvchilari va umumta’lim maktablari “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsoli” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.  

Yoshlarda Vatanga bo‘lgan muhabbat, milliy armiyamizdan faxrlanish va tinchlik degan buyuk ne’matni asrab- avaylash kabi tuyg‘ularni kuchaytirishga bag‘ishlangan tadbir davomida yoshlar dastlab bilim yurtida kursantlarning tahsil olishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda ko‘rgazmali qurol- aslahalar bilan tanishdi.

[gallery-15373]

Bilim yurti muddatli harbiy xizmatchilari hamda bilim yurti qoshida faoliyat olib borayotgan yosh orkestr jamoasining chiqishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.  

– Bugungi kunda mamlakatimizning barcha jabhalarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!”tamoyili asosida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda, – deydi bilim yurti bo‘lim katta ofitseri Elyor Xolmatov. – Mana shunday tadbirlardan biri bugun bilim yurtimizda talabalar va o‘quvchi- yoshlar bilan o‘tkazildi. 

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakat hayotining barcha jabhalarini qamrab olayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi sa’y- xarakatlar, yoshlar orasida harbiy xizmatning obro‘-e’tiborini, armiya va xalq yakdilligini, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini hamda Vatan himoyachisidek olijanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishdir.  

 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),

O‘zA muxbirlari