Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshi ulug‘lar hamisha e’tiborda
13:27 / 2023-06-10

Qaror va ijro

O‘zbekiston Respublikasi Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli “Yangiyo‘l” yurak-asab kasalliklari sihatgohida “Hech kim mehr-e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida ma’rifiy-xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi tomonidan tashkil etildi. Tadbir doirasida mazkur sihatgohda ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 60 nafar salomatligini tiklayotganlar holidan xabar olindi.

Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi respublika Boshqaruvi raisi, senator, O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Ko‘zi ojizlar jamiyat raisi Ergash Narpulatov hamda turli sohalarda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, el-yurt orasida hurmat-e’tibor qozonib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan yangiyo‘llik mehnat faxriylari ishtirok etdi.

Yurtimizda inson qadr-qimmatining yuksalib borayotgani, keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik yangi pog‘onaga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oyda ko‘rishda nuqsoni bor, nogironligi bo‘lgan nuroniylardan 60 nafari sihatgohlarda sog‘lomlashtirilishi tashkil etilmoqda.

– Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikni biz ilgari tasavvur ham qilmaganmiz, – dedi Ko‘zi ojizlar jamiyati raisi Ergash Narpulatov. – Endilikda mamlakatimizda har bir inson davlatimizning e’tiborini his etib yashamoqda. Jamiyatimizning yoshi ulug‘ a’zolari ham bu e’tibordan bahramand bo‘lishmoqda. “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan Ko‘zi ojizlar jamiyati faxriylariga 1-2-3-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni taqdim etilayotgani ham jamiyatimiz a’zolarini mamnun etmoqda.

Sihatgohda davolanayotgan nuroniylarga sovg‘a salomlar topshirildi. Vatan, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-yo‘shiqlar barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.

O‘zA