Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh yengil atletikachilarimiz saralandi
10:14 / 2024-03-25

Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi sport majmuasida joriy yil 24-27-aprel kunlari Dubay shahri (BAA)da bo‘lib o‘tadigan U20 toifasidagi Osiyo chempionatiga saralash bosqichini o‘tab beradigan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Musobaqalarda yengil atletikaning 45 dasturidan yoshlar va qizlar o‘rtasida dasturlar o‘tkazilmoqda. 

Nayza va disk uloqtirish bahslarida Madina Nasriddinova hamda Madamin Sayfullayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uzunlikka sakrashda Naima Abduvosiqova, balandlikka sakrashda esa Devdavs Ismoilov va Barnoxon Sayfullayeva mamlakat chempioniga aylandi. Uch hadlab sakrash bo‘yicha Maksim Seleznev shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 

To‘siqlar osha 400 metr masofaga yugurishda Sabina G‘olbnazarova, Sarvar Bakirov, turli masofalarga yugurishda Uchqun Aktamov, Baxtiyor Beknazarov, Javohir Tilovov, Madiyer Aslonov, Sadafbonu Nustratilloyeva, Jonbibi Xukmova, Guzal Muhammadvaliyeva kabi atletlarga teng keladigani topilmadi. 

O‘nkurash bahslarida Abdulloh Abduqahhorov, yettikurashda Rayhon Hamroyeva birinchi pog‘onadan joy oldi. 10 ming mertga sportcha yurish bo‘yicha o‘tgan poygalarda Sherzod Zubayev va Shahzoda Samiyeva birinchilardan bo‘lib marra chizig‘ini bosib o‘tdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA