English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh xotin-qizlar uchun interaktiv ma’ruzalar qilindi
17:52 / 2024-10-24

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi rolini oshirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda spikerlar yosh talaba-qizlarga kerakli bilimlar hamda ko‘nikmalarni taqdim etish uchun bir qator qiziqarli va interaktiv ma’ruzalar o‘tkazdi. Har bir spiker o‘z sohasidagi tajribasini va bilimini o‘rtoqlashib, ishtirokchilarga amaliy misollar keltirdi.
Shuningdek, “Qizlar akademiyasi” loyihasi respublika bo‘ylab xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy, shaxsiy va intellektual rivojlanishiga yo‘naltirilgan yagona interaktiv onlayn platforma sifatida taqdim etildi.

[gallery-19967]

Platforma orqali chekka hududlarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun hunarmandchilik, tadbirkorlik, shaxsiy salomatlik, psixologiya, huquqiy savodxonlik va IT sohasida zamonaviy kasblarga onlayn tarzda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan savol-javob qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bevosita spikerlarga murojaat qilib, kerakli javoblarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Gulnoza Boboyeva, Nosirjon Haydarov(surat), O‘zA