Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionati guruh bosqichida peshqadam
Hong Kongda xokkey bo‘yicha U18 jahon chempionatining III divizion “A” guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Yosh xokkeychilarimiz Bolgariya termasi bilan kuch sinashdi va 5:3 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Terma jamoa a’zolari Xamzin, Tillaxo‘jayev, Abdalyazov, Kamolov va Abduvosiqov tomonidan kiritilgan gollar O‘zbekiston terma jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin yosh xokkeychilarimiz 11 ochko bilan guruhda yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda. Hong Kong va Isroil terma jamoalari hisobida 6 ochko mavjud
Endi terma jamoamiz 8-mart kuni Isroilga qarshi muz maydoniga chiqadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA