English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh xokkeychilarimiz Hongkongda
11:43 / 2026-03-02

Hongkongda U18 yosh toifalari o‘rtasida turli guruh va divizionlarga taqsimlangan milliy terma jamoalar o‘rtasida jahon chempionati bahslari boshlandi.

O‘zbekiston U18 o‘smirlar terma jamoasi mazkur chempionatning III divizioni “A” guruhida Hongkong, Yangi Zelandiya, Turkiya, Bolgariya va Isroil jamoalari bilan kuch sinashadi.

Bugun mamlakatimiz yosh xokkeychilari dastlabki o‘yinni Hongkong jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Chempionatga tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston U18 o‘smirlar terma jamoasi 3-mart kuni Yangi Zelandiya, 5-mart kuni Turkiya, 6-mart kuni Bolgariya va 8-mart kuni Isroil jamoasiga maydonga tushadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA