Iordaniyada voleybol bo‘yicha qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Asian Women’s U16 Volleyball Championship-2025” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi munosib natija qayd etdi.
Ilk bor xalqaro musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston U-16 qizlar terma jamoasi chempionat davomida qit’aning 14 ta milliy terma jamoalari bilan kechgan shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, 7-o‘rindan joy oldi.

O‘tkazilgan o‘yinlar yakunida Janubiy Koreya, Xitoy Taypeyi, va Xitoy jamoalari sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Ikkinchi bor ushbu yosh toifasida o‘tgan birinchilikda Rustam Allaberdiyev hamda Zarina Ramazonova murabbiyligida yosh voleybolchi qizlarimiz jahon chempionatlari va xalqaro turnirlarda yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand kabi jamoalar bilan kechgan o‘yinlarda katta tajriba to‘pladi.

Chempionat davomida to‘plagan ochkolari bo‘yicha hamyurtlarimiz Eron, Qozog‘iston, Avstraliya, Iordaniya, Hindiston, Qatar jamoalarini ortda qoldirdi.
“Asian Women’s U16 Volleyball Championship-2025”da ishtirok etgan voleybolchilarimiz bugun erta tongda yurtimizga qaytib keldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA