Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh velosportchilarimiz Qozog‘istonda 9 medalni qo‘lga kiritdi
12:17 / 2024-02-13

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘iston qishki ochiq chempionati o‘tkazildi. Turnir doirasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 21 nafar sportchi bilan bahslarda ishtirok etdi.

Musobaqada yosh qizlar terma jamoamiz jamoaviy guruh poygasida birinchi bo‘lgan bo‘lsa, Samira Ismoilova hamda Madina Davronova medison guruh poygasida oltin medallarga sazovor bo‘ldi.  

 O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yoshlar terma jamoamiz jamoaviy guruh poygasida, Bekzod Bahodirov va Bekzod Nurmatov medison guruh poygasida, Nozima Egamberdiyeva va Yana Mishinova medison guruh poygasida kumush medal bilan taqdirlandi.  

Shuningdek o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi jamoamiz jamoaviy sprint poygasida, Alimardon Jamoliddinov va Vitaliy Burlakov medison guruh poygasida, Samira Isroilova individual poygada, Anastasiya Safonova qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida bronza medaliga ega chiqdi.  

Shunday qilib, terma jamoamiz Qozog‘istondagi xalqaro turnirni 2 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 9 ta medal bilan yakunladi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA