Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh velosportchilarimiz Osiyo chempionatida 2-o‘rinni egalladi
11:46 / 2026-02-08

Saudiya Arabistonida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining uchinchi kungi musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari shohsupaga ko‘tarildi.

Chempionatning yoshlar toifasida 20 kilometr masofaga kechgan aralash estafeta dasturida hamyurtlarimiz ikkinchi natijani qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bahslarda mahoratli velosportchilarimiz Roksana Hikmatova, Gulhayo Sattorova, Fazliddin Ergashev hamda Chingiz Cho‘liyev aralash juftlikda muvaffaqiyatga o‘z hissalarini qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, chempionatning ikkinchi kungi musobaqalarida 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi poygalarda terma jamoamiz a’zosi Asal Rizayeva yakkalik dasturida bronza medaliga ega chiqqandi.

Chempionat 12 fevralga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA