French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh trampolinchimiz Honkongda medalli bo‘ldi
09:39 / 2024-05-14

Honkongda trampolin bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchisi sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Qit’aning 15 ga yaqin davlatidan yosh va mahoratli sportchilar qatnashgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sardor Muhammadiyev bronza medaliga ega chiqdi.  

Umidli sportchimiz Sardor Muhammadiyevning chiqishi hakamlar tomonidan 53.080 ball bilan baholandi.  

Mazkur dasturda oltin medalga xitoylik sportchi egalik qildi. Kumush medal yaponiyalik trampolinchiga tegishli bo‘ldi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA