Yosh tennischimiz Turkiyada porlamoqda
Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini Akmal Abdullayev yakkalik va juftlik bahslarida himoya qilmoqda.
Tennischimiz yakkalik bahslarining birinchi davrasida mezbonlar vakili Emirni 6:4, 2:6, 6:3 hisobida taslim etgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda neytral maqomdagi sportchi Fedor Doroxovni 1:6, 7:5, 6:3 hisobida yengdi va nimchorak finalga chiqdi. Shu tariqa, Akmal Abdullayev yakkalik bahslari chorak finaliga yo‘llanma beruvchi navbatdagi bellashuvda turkiyalik Doruk Chalikog‘luga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Juftlik bahslarida Akmal qozog‘istonlik sherigi Jantore Shanjarulu bilan tandem hosil qildi va nimchorakda mezbon tennischilari Eren Chavus va Huseyin Tuna Chavus dueti bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA