Yosh tennischimiz Ostonada chempionlikka da’vogar
Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasida tennis bo‘yicha J300 tasnifiga kiruvchi “Astana Open – 2025” xalqaro turnirida vakillarimiz muvaffaqiyatli start oldi.
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida hamyurtimiz Ahmadjon Toshmuhammedov qozog‘istonlik Alimjon Sailauni 3:6, 6:1, 6:3 hisobida taslim etdi va ikkinchi davrada neytral tennischi Aleksey Shibayev bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, Ahmadjon juftliklar o‘rtasida yosh tennischimiz Suhrob Saidov bilan tandemda qozog‘istonlik Mustafo Arofat va Mansur Sainov duetini birinchi setda tay-brekda, ikkinchi setda esa 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi tennischilarimiz chorak finalda neytral maqomdagi sportchilar Roman Xarlamov va Yegor Pleshissevga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA