Yosh tennischilarimizning muvaffaqiyati
Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi hamda mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan 18 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “ITF J30 Namangan” turniri o‘tkazildi.
Mazkur xalqaro turnirda yosh tennischilar yakkalik va juftlik bahslarida o‘zaro raqobatlashdi.

Yakkalik bahslarining qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarida Nigina Alimova barcha raqiblarini yengib shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Bekzod Ne’matov chempionga aylandi.

Juftlik bahslarida Nigina Alimov hamda Shahzoda Ortiqboyeva tandemi g‘olib, deya e’tirof etildi. O‘g‘il bolalar orasida Bobur Madaminov va Boburmirzo Yoqubjonov juftligiga teng keladigani topilmadi.
Shu tariqa, “ITF J30 Namangan” xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Bu kabi musobaqalar yosh tennischilarimiz uchun kelgusidagi yirik musobaqalarga muhim tayyorgarlik bosqichini o‘tab beradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA