Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘smirlar o‘rtasida J30 tasnifiga kiruvchi tennis turniri o‘tkazilmoqda. Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musobaqada bir qator yigit va qizlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Jumladan, o‘g‘il bolalar orasida yakkalik bahslarida Saidislam Farhodov qozog‘istonlik Nurdaulet Balkanni 6:1, 6:4 hisobida taslim etdi va ikkinchi bosqichda neytral tennischi Vadim Saylev bilan raqobatlashadigan bo‘ldi. Yosh tennischimiz Alibek Otaboyev esa mezbonlar vakili Ahmadzoda Kosimini 6:3, 1:6, 6:2 hisobida yengdi va neytral sportchi Danil Dinitsga qarshi chorak final ostonasida to‘qnash keladigan bo‘ldi. Qizlar orasida esa Yasmina Fatihova neytral tennischi Stefaniya Virkovskayani 6:3, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Xalqaro turnirning juftlik bellashuvlarida hamyurtimiz Nikita G‘afurov qozog‘istonlik Assan Sarmanov bilan tandemda aka-uka Andrey va Sergey Bokarevni (Neytral tennischi) 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi hamda chorak finalga chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA