Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischilarimiz Qozog‘istonda muvaffaqiyatli start oldi
15:36 / 2025-06-17

Qozog‘istonning Olma-ota shahri Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘smirlar yosh toifasida J100 tasnifiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida hamyurtimiz Suxrob Saidov mezbonlar vakili Oljas Yesenalini 2:6, 6:3, 6:3 hisobida taslim etdi va ikkinchi davrada yaponiyalik Riku Nakamoto bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.  

Shuningdek, yana bir tennischimiz Abdulaziz Usmonjonov qur’a natijasiga ko‘ra, ikkinchi davrada neytral tennischi Yegor Nayrazidi bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.  

Bugun, 17 iyun kuni Suxrob Saidov va Ahmadjon Toshmuhammedov tandemi juftlik bahslaridagi birinchi o‘yinini mezbon tennischilar Temujin Iskandirov va Anatoliy Sibulko duetiga qarshi o‘tkazadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA