Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischilarimiz Qirg‘izistonda sovrindor bo‘lmoqchi
09:48 / 2025-05-19

Qirg‘izistonda Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimidan joy olgan J30 tasnifiga kiruvchi musobaqada 4 nafar hamyurtimiz ishtirok etmoqda.

Musobaqaning asosiy to‘r bahslari uchun o‘tkazilgan saralash bosqichida Arslon Aliyev dastlab neytral tennischi Maksim Serebrovni 6:1, 6:7, 10:7 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, saralash finalida yaponiyalik Kosei Sakamotoni 6:3, 5:7, 10:3 hisobida yengdi. Shu tariqa,  asosiy to‘rning birinchi davrasiga yo‘l olgan Arslonga mezbonlar vakili Svyatoslav Buriyev qarshilik ko‘rsatadi.  

Shuningdek, yakkalik bellashuvlarining birinchi bosqichida hamyurtlarimizdan Alan Zinatulin ukrainalik Nazariy Saliyev, Nikita Gafurov yaponiyalik Ippey Matsushiva, Asilbek Ismoilov neytral tennischi Ivan Matveyevga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA