Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischilarimiz Hindistonda g‘alaba qozondi
14:00 / 2025-03-18

Hindistonda o‘smirlar o‘rtasida tennis bo‘yicha “Dehradun open – 2025” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Quvonarlisi, mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan tennischilarimiz muvaffaqiyatli start oldi.

Yakkalik bahslarning birinchi bosqichida hamyurtimiz Danila Kvasov hindistonlik Advit Tivarini 7:5, 6:1 hisobida taslim qildi va ikkinchi davrada Ashrav Yamehra bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.  

Qizlar orasidagi yakkalik musobaqasida Samira Qoziyeva mezbonlar vakilasi Rit Arorani uch setda – 6:3, 2:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa nimchorak finalga chiqqan Samira chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda yana bir mezbon tennischi Partsarti Arun bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, juftlik bahslarida Samira Qoziyeva va Shahzoda Ortiqboyeva tandemi ilk davrada hindistonlik Diya Ramesh va Sohini Sanjay juftligiga qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA