Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischilarimiz Eron turnirida 2-o‘rinni egalladi
09:54 / 2023-07-05

Eron poytaxti Tehron shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilgan ITF J100 toifasidagi turnirda mamlakatimizning yosh raketka ustalari muvaffaqiyatga erishdi.

Xalqaro turnirning juftlik bahslarida ishtirok etgan tennischilarimiz Imron Hayitboyev hamda Daniil Rijankov saralash musobaqalarida barcha raqiblarini tomoshabinlar safiga kuzatib qo‘ydi.  

Hamyurtlarimiz final bosqichida qozog‘istonlik Amir Omarxonov hamda bolgariyalik Yoan Naydenov juftligiga ro‘baro‘ keldi. Ikki set davom etgan shiddatli o‘yinda 6:7, 3:6 ko‘rinishida omad raqiblarga kulib boqdi va Imron Hayitboyev/Daniil Rijankov ITF J100 Tehran musobaqasining kumush medallari bilan taqdirlanishiga olib keldi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA