Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischilarimiz bosh sovrinni mamlakatimizda olib qolmoqchi
18:01 / 2025-07-31

Andijon kortlarida “J60” tasnifidagi xalqaro tennis turniri davom etmoqda.

Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi chorak final bellashuvida Abdulazizjon Usmonjonov, Akmal Abdullayev, Amir Safoyev hamda Ahmadjon Toshmuhamedov kabi yosh tennischilarimiz yarim final yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobatlashadi. Darvoqe, yana bir hamyurtimiz Danila Kvasov 1/4 final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final ostonasida neytral tennischi Aleksander Kunitsin bilan kuch sinashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Qizlar orasidagi yakkalik bahslarida esa Nigina Alimova chorak final bosqichida neytral tennischi Viktoriya Sedenkovaga qarshi qortga tushadigan bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA