Andijonda davom etayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalar taqvimidan joy olgan J30 tasnifidagi turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
Xalqaro musobaqaning yakkalik bahslarida ikkinchi davra bosqichi o‘z yakuniga yetib, chorak final ishtirokchilari nomi aniq bo‘ldi.
Jumladan, hamyurtimiz Mahmudbek Beknazarov ushbu bosqichda neytral tennischi Ivan Charnishouga qarshi kortga chiqadi. Yosh tennischilarimiz Abdurahmon Karimov va Alan Zinatulin o‘zaro to‘qnash keladi. Yana bir vakilimiz Akmal Abdullayev esa neytral tennischi Sergey Pankov bilan kuch sinashadi. Qizlar o‘rtasida esa Madinaxon Solijonova qozog‘istonlik Evelina Balaganskaya bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, turnirning juftlik bahslarida Asilbek Ismoilov va Yusufbek Malikov tandemi qozog‘istonlik Arofat Mustafo hamda neytral tennischi Andrey Li duetiga qarshi final yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi. Qizlar o‘rtasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Samira Hojiyeva hamda Emili Kim juftligi yarim final bosqichida qozog‘istonlik Adema Alseypulova va rossiyalik Ildana Zaripova juftligini sinovdan o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA