Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischilarimiz bosh sovrinni ko‘zlamoqda
09:52 / 2024-09-13

Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi J60 tasnifiga kiruvchi «Tajikistan Open» turnirida tennischilarimiz juftlik va yakkalik bahslarida yarim finalga chiqdi.

Yakkalik bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Abdulaziz Usmonov ikkinchi davrada mezbonlar vakili Somon Amonovni, chorak finalda neytral tennischi Aleksandr Dojdevni taslim qildi. Shu tariqa tennischimiz yarim final bosqichida xitoylik Jintao Lan bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Musobaqaning juftlik bellashuvlarida hamyurtimiz Imron Hayitboyev neytral tennischi Arkip Kozlov bilan tandemda qozog‘istonlik Ratmir Pulkeyvich va neytral tennischi Aleksandr Dojdevni 6:1, 7:5 hisobida yengib, yarim finalga yo‘l oldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA