Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischilar turniri
12:06 / 2015-10-23

Buxoroda stol tennisi bo‘yicha bolalar va qizlar o‘rtasida respublika an’anaviy turniri bo‘lib o‘tdi.

Buxoroda stol tennisi bo‘yicha bolalar va qizlar o‘rtasida respublika an’anaviy turniri bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda sportning stol tennisi turini ommaviylashtirish, iste’dodli o‘g‘il-qizlarni kashf etish va rag‘batlantirish maqsadida oltinchi bor tashkil etilgan musobaqada Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 120 dan ziyod sportchi o‘zaro bahslashdi.

To‘rt yosh guruhida kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, buxorolik Sarvinoz Muzaffarova, Norjon G‘iyosova, Ilhom Farmonov, Samarqand viloyatidan Mehroj Shamsiddinov, Shohruh Iskandarov, surxondaryolik Jamshid Choriyev, namanganlik So‘g‘diyona Madaliyeva va Toshkent viloyatidan Diana Aristanova o‘z yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.