Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischilar musobaqasi
17:12 / 2014-08-05

Poytaxtimizda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida “NBU Cup” xalqaro turniri boshlandi. Unda dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan yuz nafarga yaqin o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Poytaxtimizda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida “NBU Cup” xalqaro turniri boshlandi. Unda dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan yuz nafarga yaqin o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan birinchi davra bahsida hamyurtimiz Saida’lo Saidkarimov Xitoy Taypeyi vakili Chao-Ting Xsiyexni 7:5, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, chexiyalik Dominik Stariy, ukrainalik Artyom Kapshuk, turkmanistonlik Iso Mamatgulliyev, rossiyalik tennischilar Nikolay Koloboyev, Svyatoslav Shainyan, Mixail Sokolovskiy, isroillik Yeshai Oliyel hamda amerikalik Xadiy Xabib raqiblarini yengib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Qizlar o‘rtasida Xitoy Taypeyidan Xviang-Ven Xuang va En-Pei Xuang, tunislik Chiraz Bechri, isroillik Shelliy Krolitski, rossiyalik Amina Anshba, Anna Pribilova, Sofiya Yestermen, Erika Yaximovich, Yelizaveta Voronova, Anastasiya Siganova, Yekaterina Kunina birinchi bahsni o‘z foydasiga hal qildi.