Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh taekvondochilarimiz Qozog‘istonda 24 medalni qo‘lga kiritdi
09:48 / 2023-07-05

Qozog‘istonda taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha “Jas Batыr” xalqaro musobaqasida sportchilarimiz munosib ishtirok etdi.

Vakillarimiz o‘z yo‘nalishlarida 15 ta oltin, 8 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ularning bu natijasi esa umumjamoa hisobida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olishiga sabab bo‘ldi.  

Musobaqada o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Shamsiddin Qurbonov, Kozimjon Rustamov, Muhammadjon Adhamov, Amirxon Hakimov, Rustam Saidgaliyev, Madina Shoniyozova, Laylo Hasanova, Laylo Zayniddinova, Sabrina Pardayeva, Usmon Abdug‘aniyev, Azizbek Xodjayev, Muhammadali Ismoilov, Islom Akchurin, Azizbek Sattarov va Ahadjon Muxtorov oltin medalni qo‘lga kiritdi.    

Shuningdek, musobaqada Jaloliddin Akmalov, Kamron Mansurov, Javlon Berdibekov, Nurlan Boyxo‘jayev, Tamirbek Otabekov, Shohjahon Xolmurodov, Artyom Mirzajanov, Yosinbek Odilov kumush  Tamilla Chariyeva esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.    

Umid qilamizki, ushbu yosh sportchilarimiz kelgusida o‘tadigan nufuzli musobaqalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladi.    

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri