Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh taekvondochilarimiz Gruziyaga yo‘l oldi
16:51 / 2025-07-30

Joriy yilning 31 iyulidan 3 avgustiga qadar Gruziyaning Batumi shahrida taekvondo WT bo‘yicha turli yosh toifalarida “Batumi Open-2025” xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Unda dunyoning o‘ndan ortiq davlat terma jamoalari qatorida o‘zbekistonlik taekvondo ustalari ham qatnashadi. Musobaqada kadetlar va o‘smir yosh toifasidagi bellashuvlarda IIV “JAR” cport-sog‘lomlashtirish kompleksi taekvondochilari – Usmon Abdug‘aniyev (-27 kg), Muhammad Dilshodov (-28kg), Muhammad Ali Ismoilova (33 kg) E’zozaxon Rahmonova (-42 kg) va boshqa sportchilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. 

Ushbu sportchilarimizga IIV “JAR” cport-sog‘lomlashtirish kompleksining taekvondo WT bo‘yicha murabbiysi Obidjon Abdurahmonov murabbiylik qilmoqda. 

– Bu kabi turnirlar yosh sportchilarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, bu kabi turnirlar oldinda turgan bundanda nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Biz har bir musobaqaga jiddiy tayyorlanamiz. Mashg‘ulotlarda sportchilar nazariy va murabbiylar topshirig‘ini bajaradi, turnirda esa ushbu ko‘rsatmalarni amalda qo‘llash imkoniyati bo‘ladi. Umid qilamanki, shogirdlarim bilan “Batumi Open-2025” xalqaro turnirida ulkan marralarni zabt etamiz.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA