Yosh taekvondochilarimiz Bokuda sovrindor bo‘ldi
Ozarbayjonning Boku shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘tgan xalqaro turnirda IIV “JAR” sport-sog‘lomlashtirish kompleksi taekvondochilari mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Ushbu musobaqada mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Gruziya kabi davlatlardan kelgan taekvondochilar g‘oliblik da’vosida bahslarga kirishdi. Quvonarlisi, 200 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etgan turnirda vakillarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.


Aniqrog‘i, E’zozaxon Rahmonova -44 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida finalga qadar o‘tgan bellashuvlarning barchasida zafar quchib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, o‘z vazn va yosh toifalarida Usmon Abdug‘aniyev va Muhammad Ali Ismoilov kabi yosh taekvondochilarimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA