Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh taekvondochilarimiz Belarusda muvaffaqiyatga erishdi
11:43 / 2026-03-10

Belarus Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etgan yosh taekvondochilarimiz Minsk shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda 16 ta medallar shodasiga ega bo‘ldi.

Bir qator mamlakatlarning taekvondochilari jang olib borgan turnirda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari 6 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mahoratli taekvondochi yoshlarimizdan Shohjahon Xolmurodov, Yosinbek Odilov, Asadbek Samandarov, Omadbek Otabekov, Samira Hayitova, Sitora Asrorova oltin medalga egalik qildi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA