Yosh taekvondochilar xalqaro turnir shohsupasida
Namangan shahrida taekvondo WT bo‘yicha IV “Namangan open” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Unda kadetlar o‘zaro raqobatlashdi.
Mamlakatimiz taekvondo WT assotsiatsiyasi va turli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan musobaqada Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun asosiy da’vogar bo‘ldi.
Musobaqada Muhammadjamshid No‘monjonov, Fatxullo Baxtiyorov, Fayzulloh Hakimov, Zufar Tojiyev, Muhammadaziz Abdullayev, Islom Muhammadjonov, Abdullo Siddiqov, Osiyo Murotova, Shabbona Islomboyeva, Mubina Akbaraliyeva, Asaloy Habibullayeva, Farangiz Mahkamboyeva hamda Mehribon Murotova o‘z yo‘nalishlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA