Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh taekvondochilar mamlakat chempionatida jam bo‘ldi
12:22 / 2024-06-17

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan «Alpomish» sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha kichik o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining ilk kungi bahslari keskin va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tdi.

Unda Kamronbek Sobirjonov, Muhammad Mustafo Abdujabborov, Nurali Tohirov, Sanjar Xayrullayev, Asem Nurgaliyeva, Aziya Jianboyeva, Ro‘za Jumaboyeva o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Ma’lumot o‘rnida: ushbu mamlakat birinchiligida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan taekvondochilar o‘z yosh toifalarida terma jamoa safiga qo‘shiladi va turli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘radi.  

Ushbu jarayonda o‘zini ko‘rsatgan eng yaxshi sportchilar terma jamoa safida qoladi va kelgusidagi xalqaro turnirlarda mamlakatimiz sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA