English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
13:36 / 2026-02-06

Mamlakatimizda yoshlar siyosati asosiy o‘ringa qo‘yilayotgani natijasida ular erishayotgan muvaffaqiyatlar zalvori ham oshib bormoqda. Xususan, bunda yosh tadqiqotchilarerishayotgan yutuqlar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ular olib borayotgan izlanishlar ilmiy maydonda munosib qarshilanishi muhim sanaladi.

Shu maqsadda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov ishtirokida pedagogika sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Qizg‘in tarzda kechgan muhokamalarda oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada mavjud tizimli muammolar, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash istiqbollari, dissertatsiyalar sifatini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqilib, yosh tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil etildi.

Ochiq muloqot savol-javoblarga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil javoblar oldi. Bu esa ularga kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Sherbek Islomov, O‘zA