Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tadbirkorning tikuv korxonasi
12:08 / 2019-06-17

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor Botir Qarov tashkil etgan ixcham tikuv-trikotaj korxonasi iste’mol bozoriga 20 dan ortiq turdagi kiyim-kechak va boshqa tikuvchilik mahsulotlari taqdim etmoqda.

Seximiz 2 yil avval ochilgan. O‘tgan vaqtda faoliyatimizda ancha o‘sishga erishdik, – deydi yosh ishbilarmon. – Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va turi ko‘paydi. Aholi buyurtmasi bilan ham ishlaymiz. Qolaversa, mahsulotimizni Qarshi shahri va Koson tumaniga ham tarqatamiz. Korxonamizda 4 nafar doimiy ishchi mehnat qilmoqda. 10 nafar amaliyotchini shogird sifatida tarbiyalayapmiz.

photo5204349805894150988.jpg

photo5204349805894150989.jpg