Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi
17:33 / 2024-01-04

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ularga davlat organlari tomonidan adolatli va teng munosabatda bo‘lishni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratishda Biznes-ombudsmanning hissasi katta.

Masalan, yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh tadbirkor soliq organi tomonidan 16,7 million so‘m yer solig‘i hisoblanganligidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Prezidentimizning PF-5466-sonli Farmoni asosida Nukus shahar hokimining 2021 yil 26 may kungi qarori bilan «Yoshlar kelajagimiz» davlat dasturi bo‘yicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun 0,15 ga yer maydoni ajratilgan. Ushbu yer uchastkasi davlat kadastrlar palatasida 06.07.2023 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Lekin davlat soliq organi tomonidan yer uchastkasi o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligini va hujjatsiz deb baholab, belgilangan soliq stavkasining uch baravari miqdorida, jumladan, 16,7 million so‘m jarima qo‘llanilgan. Vaholanki, qonunchilikda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga o‘z vaqtida murojaat etmasligi uchun ma’muriy jarima qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lib, lekin soliq stavkasining uch baravari miqdorida belgilanishi nazarda tutilmagan. Ya’ni Soliq kodeksining 437-moddasida belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanishi holatlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, unga asosan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yuzaga keladi. 

Mazkur holatda soliq stavkasining uch baravari miqdorida hisoblangan soliq noqonuniydir. 

Yosh tadbirkorning mutasaddi tashkilotlarga murojaatlari hech qanday natija bermagach, Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan. 

Biznes-ombudsman yuqori turuvchi soliq organiga kiritgan xati tufayli soliq stavkasining uch baravari miqdorida hisoblangan jarima bekor qilinib, tadbirkorning muammosi ijobiy hal etildi. 

Gulnoza Boboyeva,O‘zA