Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tadbirkorlarning safi kengaymoqda
11:05 / 2025-04-11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish borasidagi tadbirlar tizimli davom etmoqda.

Jumladan, Jondor tumanida ham bu boradagi islohotlar quloch yozmoqda. Tumandagi “Qaroli” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan yoshlar sanoat zonasida 15 gektar, kichik sanoat zonasida 30 gektar yer ajratilgan. Ayni damda kichik sanoat zonasida o‘nga yaqin loyiha ishga tushirilgan. Mazkur loyihalar orqali parrandalar uchun ozuqabop granulalar, suyuq kir yuvish vositalari, mix, afg‘on qozoni, keramzit ishlab chiqariladi. 

Yosh tadbirkor Suhrob Elliyev tashabbusi bilan bugun bu yerda “Clean billur” MCHJ tashkil qilingan. Korxonada tozalash uchun gellar va suyuq holdagi kir yuvish vositalari ishlab chiqarilmoqda. Bir yilda 2 milliard donaga yaqin olti turdagi mahsulot savdoga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, kapsula holida kelgan yarim mahsulot qadoqlanmoqda. Korxonada 12 nafar doimiy va o‘n nafar yollanma ishchilar mehnat qilmoqda va ikki million so‘mdan to‘rt million so‘mgacha maosh olmoqda.

– 2019 yilda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida dastlab Buxoro tumanidagi “Shexoncha” mahalla fuqarolar yig‘inida ijaraga bino olib, oilaviy korxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsak, bugunga kelib “Yoshlar sanoat zonasi”dan auksion savdosi orqali 45 sotix yer maydonini sotib olib, ishchilarimiz sonini 12 nafarga yetkazdik. Boshlanishida “Biznesni rivojlantirish banki”dan 60 million so‘m kredit mablag‘ olib, keyinchalik yana texnologiya va xomashyo xaridi uchun jami 230 million so‘m, “Ipak yo‘li banki”dan esa 120 million so‘m kredit sarmoyasini rasmiylashtirdik. Maxsus uskuna va dastgohni Farg‘ona viloyatidan buyurtma asosida qabul qildik. Dastlabki yilda oyiga 3-5 tonna atrofidagi xomashyoni qayta ishlab, qadoqlagan bo‘lsak, bugunga kelib bir oyda 30 tonnagacha mahsulot qayta ishlanib, “Retro” yorlig‘i ostida qadoqlangan suyuq gel ishlab chiqarmoqdamiz, – deydi korxona rahbari Suhrob Elliyev. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.