Yosh tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Nukusda “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 82 nafar yosh tadbirkor o‘z biznes rejasi bilan ishtirok etdi.

–Shumanay tumani hududida polietilen paket ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish haqidagi loyiham bilan qatnashdim, – deydi tanlov ishtirokchisi Shavkat Boboyev. – Loyiham qo‘llab-quvvatlanganidan xursandman.
Loyihasi istiqbolli deb topilgan 10 nafar ishtirokchi tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.