Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
20:45 / 2025-08-11

Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev poytaxtimizdagi yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning biznes rejalari bilan tanishdi.

Mazkur uchrashuv davlatimiz rahbari 30 iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan tashabbuslarning mantiqiy davomi bo‘lib, unda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi.

Muloqotda nafaqat daromad olish, balki jamiyatga foyda keltiradigan va xalq manfaatiga xizmat qiladigan turli loyihalar taqdim etildi. Xususan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, maishiy xizmatlar, madaniy hordiq, zamonaviy texnologiyalar va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surildi.

Yoshlar o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish hamda Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Yoshlar Ventures” jamg‘armalari orqali moliyaviy ko‘mak olish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Suhbatda har bir tashabbus atroflicha ko‘rib chiqildi, aniq tavsiyalar berildi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA