Yosh tadbirkor yangi loyihalar yaratish niyatida
Xorazm viloyati Xonqa tumanilik yosh tadbirkor Bekzod O‘ktamov bir necha yildan buyon alyumin va plastik deraza hamda eshiklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Dastlab 500 million kredit evaziga boshlangan tadbirkorlik faoliyati bugun oyiga o‘rtacha 50 million daromad olib keladigan katta biznesga aylangan. 8 ta ish o‘rni yaratilgan kichik korxonada shuningdek, 10 ga yaqin mahalliy yosh “Ustoz-shogird” an’anasi asosida hunar o‘rganmoqda.

Yosh tadbirkor davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar asosida qo‘shimcha yangi loyihalar yaratish niyatida.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA