Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yosh tadbirkor – elga madadkor”
20:00 / 2024-02-01

2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili

Xuddi shu nomdagi loyiha doirasida Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Jizzax viloyat bo‘limi tashabbusi bilan viloyat soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali hamkorligida talaba- qizlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Assotsiatsiyaning viloyat bo‘limi tomonidan mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator yangi loyihalar hayotga joriy etilayotganini shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

– Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi, – deydi “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Nozima Tugalova. – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan talaba-qizlarimiz o‘rtasida o‘tkazilayotgan ushbu ko‘rik-tanlov yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularning munosib daromad olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Yosh tadbirkor – elga madadkor” loyihasini hayotga tatbiq etayapmiz. Ushbu ko‘rik-tanlovni boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yoshlar, ayniqsa, ko‘plab iqtidorlar yashirinib yotgan qishloq xotin-qizlari o‘rtasida ham o‘tkazishni rejalashtirganmiz.

Tadbir davomida Jizzax viloyat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan talaba-yoshlar soliq qonunchiligiga oid yangiliklar bilan tanishtirilib, soliqdagi va kredit mablag‘lari olishdagi hukumatimiz tomonidan ular uchun yaratilgan imtiyoz va qulayliklar xususida ham batafsil ma’lumotlar berildi. 

Ushbu ko‘rik-tanlov – O‘zMU Jizzax filialida tahsil olayotgan 20 nafar talaba-qiz tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalarni xususiy sektor faoliyatiga keng jalb etishga, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishga, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri