Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh suv polochilar mamlakat chempionligi uchun kurashmoqda
10:56 / 2024-06-19

Suv sporti turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida U13 yosh toifasida suv polosi bo‘yicha mamlakatimiz chempionati o‘tkazilmoqda. Unda 5 ta qizlar va 4 ta o‘g‘il bolalardan iborat jami 9 jamoa o‘zaro raqobatlashmoqda.

Mazkur yosh toifasidagi terma jamoamiz tarkibiga yangi nomlarni qo‘shish, va jamoa zaxirasini yanada yaxshilash maqsadida tashkil etilgan mazkur chempionatning ilk turida qizlar o‘rtasidagi Surxondaryo va Toshkent shahri jamoalari bahsi 0-14 hisobida yakunlandi. Xorazm jamoasi esa Jizzaxni 15-13 hisobida yengdi. 

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahsda Sirdaryo kutilmaganda Namangan jamoasiga 0-21 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Toshkent shahri jamoasi jizzaxlik suv polochilarni 19-4 hisobida yengdi. 

O‘zbekiston chempionati g‘olib va sovrindorlari 21 iyun kuni aniqlanadi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA