Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh suratkashlar koʻrgazmasi
08:37 / 2020-10-04

Toshkent Fotosuratlar uyi qoshidagi Ijodiy fotosanʼat maktab-studiyasi bitiruvchilarining 28-hisobot koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.


Toshkent Fotosuratlar uyi qoshidagi Ijodiy fotosanʼat maktab-studiyasi bitiruvchilarining 28-hisobot koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Ijodiy fotosanʼat maktab-studiyasi tashkil etilganiga bu yil 12 yil toʻladi. Bugungi kunda u Oʻzbekistonda fotografiya sanʼatini oʻrganish boʻyicha namunali maktablardan biri sanaladi.

Koʻrgazmada maktab-studiyasi oʻquvchilarining 96 ta fotoishi namoyish etilmoqda.

Taqdim etilayotgan fotoasarlarning har birida oʻzgacha mazmun aks etib, ularda mamlakatimizning maftunkor manzaralari, ijodkorlarning tevarak-atrof va tabiatga boʻlgan munosabati, xayolot olami va qiziqishi ifoda qilingan. Ularda tabiat, inson va borliq, maishiy mavzular natyurmort, manzara va portret janrlarida mahorat bilan talqin etilgan. Har bir muallif oʻzini qiziqtirgan mavzuga ustozlari sabogʻiga binoan kompozitsion yechim va ranglar uygʻunligiga amal qilgan holda yondashgan. Ijodiy izlanishlari, oʻzlarining fikr-mulohazalarini koʻrsatishga harakat qilgan.

Boʻlajak fotosuratchilarga yetakchi fotousta, malakali va isteʼdodli ustoz Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Fotorassomlar shuʼbasi” aʼzosi Iskandar Sodiqzoda saboq berib, kasb sir-asrorlarini oʻrgatib, nazariy va amaliy bilimlarni bergan.

Koʻrgazmaga tashrif buyurgan tomoshabinlar yangi isteʼdod sohiblarining asarlari bilan tanishib, madaniy hordiq chiqarishdi.