Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh stol tennischilarimiz Qozog‘istonda raqobatlashmoqda
10:23 / 2023-07-26

Qozog‘istonning Almati shahrida stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “WTT Youth Contender Almaty” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Musobaqada dunyoning 13 davlatidan kelgan yosh stol tennischilar raqobatlashmoqda.

Xalqaro turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan stol tennischilarimiz ilk kunda yuqori natija qayd etdi. Jumladan, U-17 toifasida Asel Yerkebayeva, Shohrux Iskandarov, U-13 toifasida Arujan Kamalova hamda Rahmatillo Abdurashidov musobaqaning chorak finalga yo‘l oldi.  

Eslatib o‘tamiz, musobaqada Marhabo Magdiyeva, Arujan Kamalova, Asel Yerkebayeva, Eleonora Shiriyeva, Samira Qodirova, Shohrux Iskandarov, Alixan Kamolov, Rahmatillo Abdurashidov, Temurbek Nurmonov, Xurshid Ahmedov, Diyorbek Dilshodov, Shahbozbek G‘ulomiddinov, Amir Shiriyev yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri