Yosh stol tennischilarimiz muvaffaqiyat qozonmoqda
Livanda o‘tayotgan stol tennisi bo‘yicha “Youth Contender” musobaqasining navbatdagi kunida vakillarimiz 7 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro turnirning ikkinchi kunida 11, 15 va 19 yoshli stol tennischilar orasidagi bahslarda yigitlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. O‘n bir yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Alixon Kamolov oltin medal sohibiga aylandi. Shuningdek, ushbu toifada Xusen Iskandarov kumush, Amir Shiriyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘n besh yoshgacha bo‘lgan yigitlar orasida Xurshid Ahmedov ikkinchi, Timur Nurmonov, Diyorbek Dilshodov uchinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, “U-19" yo‘nalishida Shohruh Iskandarov bronza medal bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA