Livan va Misrda stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirlar yakunlandi. Unda mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Jumladan, Livanning Jezzin shahrida bo‘lib o‘tgan turnirning so‘nggi kunida “U-11” va “U-15” yosh toifalarida bahslar o‘tkazildi. Unda Eleonora Shiriyeva 11 yoshgacha bo‘lgan stol tennischilar orasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “U-15” toifasida Arujan Kamolova kumush, Asel Erkeboyeva bronza medali bilan taqdirlandi .
Shu tariqa, o‘zbekistonlik stol tennischi qizlar jami 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan mamlakatimizga qaytadigan bo‘ldi.
Misrning Qohira shahrida o‘tkazilgan musobaqa so‘nggi kunida hamyurtimiz Alixan Kamolov 11 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida bronza medal sohibiga aylandi. Shuningdek, turnirda “U-17” yosh toifasida Shohrux Iskandarov ham bronza medaliga ega chiqqan edi.
Ma’lumot uchun, Misrdagi xalqaro turnirda vakillarimiz 2 ta bronza medal jamg‘ardi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA